Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekoboddagi bog‘chada yirik miqdorda energiya resurslari o‘g‘irlangani oshkor bo‘ldi

Bekoboddagi bog‘chada yirik miqdorda energiya resurslari o‘g‘irlangani oshkor bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi, IIB va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda S.D. MChJ rahbari A.G. G.F. xususiy MTM binosida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz va elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 1 mlrd 83 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Urgut, Samarqand, Oqdaryo tumanlari hamda Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “A.S.”, "O.O." fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari va boshqalar elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslari va elektr jihozlarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 439,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring