Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baxtiyor Rahimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Baxtiyor Rahimov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.

Prezidentning 2021-yil 9-apreldagi qarori bilan Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Tayinlovdan oldin B.Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Avvalroq, Olimxon Rustamov ham vazir o‘rinbosari etib tayinlangan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring