Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Baxt» mahallasidagi «baxtli chiqindixona»

«Baxt» mahallasidagi «baxtli chiqindixona»

Chiqindi qabul qilish shoxobchasi mana 5 kundirki, «xaloskor»ini kutmoqda.

Foto: «xabar.uz»

Fotofakt

Ohangaron shahridagi «Baxt» MFY («Ravshan» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati)ga qarashli aholidan chiqindi qabul qilish shoxobchasi mana 5 kundirki, «xaloskor»ini kutmoqda. Chiqindi uyumlaridan anqiyotgan «ifor» kamlik qilganday, bu yerni kasallik tashuvchi hasharotlar bosdi.

Yaxshiyamki, chiqindi to‘lib-toshgan qutilarning tili yo‘q. Bo‘lmasa «qish uyqusidan uyg‘oning, «Toza hudud» DUK rahbarlari, bahor keldi axir. Meni bu chiqindilardan qutqaring, kasalliklarning oldini oling!», deb yuborgan bo‘lardi?!

Kimsan NAYZA

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring