Bahor-yoz mavsumida aviaparvozlar soni ko‘paytiriladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida 2018-yil 24-maydan Toshkent - Barselona - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Ispaniyaga yangi muntazam qatnov ochilishi haqida xabar bergan edik.
Shuningdek, bahor-yozgi jadvalda Mumbay (Hindiston)ga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yish ham rejalashtirilgan. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.
Qolaversa, aviakompaniyalarning faoliyat yuritish tezligi oshiriladi. Nyu-York shahriga parvozlar soni haftasiga 3 marotaba, Istanbulga esa 10-7 marotaba, Seulga 3-4 marta, Novosibirskka haftasiga 3 marotaba tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter