Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrendagi ayanchli holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi

Angrendagi ayanchli holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi

Foto: Xabar.uz

Angren shaharda 11 yoshli qiz «Seftriakson» dori vositasi sabab vafot etganligi haqida xabar berilgandi.

Aniqlanishicha, Angren shahrida yashovchi 11 yoshli G.R. 20 oktyabrda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhum G.R.ning o‘limiga qonning suyuq holatdaligi, ichki a’zolarning kam qonligi, ko‘z qovoqlarining o‘tuvchi pardalari, o‘pka, vitseral varag‘i ostida, yurak epikardida mayda nuqtachalar ko‘rinishidagi qon quyilishlari, bosh miya va o‘pka shishi, ichki a’zolarining suvsizlanishi, anaflaktik shok, o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, nafas yo‘llarining yallig‘lanishi, tarxeit, bronxit, ikki tomonlama o‘pkalar yallig‘lanishi, gastroenterokolit oqibatida yuzaga kelganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Angren shahar prokuraturasi tomonidan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deya ma’lum qilgan Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring