Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ikki shahar viloyat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Andijonda ikki shahar viloyat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari qurilish sohasiga to‘xtalib o‘tdi.

Joriy yilda Andijonda 190 ta ko‘p qavatli uy-joy qurib, 7 mingta oilani yangi xonadon bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Asaka tumanida «Yangi O‘zbekiston» massivini tashkil etib, 68 ta uy qurish, Shahrixon tumanini ham «Yangi O‘zbekiston» massivlari dasturiga kiritish rejalashtirildi.

Umuman, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshirilishi, aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishi belgilandi.

Ipoteka dasturi uchun Andijonga qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.

Andijonda 4,5 ming kilometr yangi yo‘l qurish bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilingan.

Mavjud 700 kilometr yo‘l bo‘yini 10 yilgacha aholiga bo‘lib berib, daraxt ekish zarurligi aytildi.

Andijon aeroportini xususiy sheriklik asosida modernizasiya qilish va boshqaruvga berish ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring