Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari noqonuniy ish uchun uzr so‘radi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari noqonuniy ish uchun uzr so‘radi

Andijon shahridagi 3-kichik dahada xususiy MChJ tomonidan boshlangan uy-joy qurilishi, aholi noroziligiga sabab bo‘lgan.

Bu ham yetmaganidek, ushbu qurilish jarayonida ichimlik suvi ta’minotining asosiy quvurlaridan biriga zarar yetkazilib, yuzlab aholi xonadonlari suv ta’minotidan uzilib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Andijonda viloyat hokimi o‘rinbosari uy qurilishiga noqonunuy ruxsat bergan.

«Bizning xatoyimiz sizlarning roziligingizni olmasdan hujjat qilib berganimiz bo‘ldi, avvalgi raisning gaplariga ishonib qolibman. Ming marta uzr so‘rayman» — dedi u aholi bilan uchrashuvda.

Qayd etilishicha, ushbu qurilishda bir nechta holatlar bo‘yicha xatoliklar aniqlanib, jumladan, tegishli qarorga to‘liq rioya etilmagani, maydon uy-joy qurish uchun ajratilmagani, kadastr ro‘yxatidan o‘tkazishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, eng asosiysi, mahalliy aholiga ushbu qurilish noqulaylik tug‘dirayotgani sababli, qurilish jarayoni to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring