Allamjonov va Mirziyoyeva faxriy jurnalistni ko‘rgani borishdi
Mass-media fondi rahbarlari – Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva 8 yildan buyon Respublika urush va mehnat faxriylari pansionatida istiqomat qilayotgan O‘zbekistonning faxriy jurnalisti Rustam Obidov holidan xabar olishdi.
«Rustam Obidov allaqachon pensiyaga chiqqaniga qaramay, tarjimalar qilib, astoydil ishlashda davom etmoqda.
Afsuski, bu yil pandemiya tufayli bu halol, mehnatsevar va juda kamtar inson qiyin moliyaviy vaziyatga tushib qoldi. Shu sababli, ham pansionatda yashash xarajatlarining barchasini to‘lay olmagan.
Mass-media fondi va shaxsan men Rustam Obidovga uning muammolarini hal qilishda yordam berishni o‘z burchimiz deb hisoblaymiz. Faxriy jurnalistlar O‘zbekiston tarixidir. Ularning mehnati va fidokorona faoliyati tufayli biz mamlakatimiz bosib o‘tgan yo‘l haqida bilamiz. Va bizning bu ko‘magimiz ularga va ularning mehnatlariga bildirilgan minnatdorchiligimizning kichik bir qismidir», deb yozdi Komil Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq faxriy jurnalist Rustam Obidov qiyin ahvolda qolgani va u yashash xarajatlari uchun pansionatga 18 million so‘m miqdorida to‘lov amalga oshirishi kerakligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter