Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Xodjayevning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Alisher Xodjayevning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Xodjayev Alisher Jo‘raqulovich Kinematografiya agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Alisher Xodjayev orada kichik tanaffus bilan 2005-2024-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga raislik qilib kelgandi. 2024-yil fevral oyida u ishdan olinib, o‘rniga Abdurashid Jo‘raboyev tayinlangandi. 

Ma’lumot uchun, Alisher Xodjayev 1963-yili Toshkent viloyatida tavallud topgan, 1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. 1996-yildan 1998-yilga qadar «KomUzAziya» kompaniyasida, 1998−2001-yillarda esa UzPAK kompaniyasida bosh direktor lavozimida mehnat qilgan.

2001−2002-yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari, 2002−2005-yillarda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining (hozirgi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring