Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirov «svet» uzilishi haqida gapirdi

Alisher Qodirov «svet» uzilishi haqida gapirdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov mamlakat elektr ta’minotida yuz bergan uzilish haqida yozdi.

«Mamlakatda avval hech bo‘lmagan transchegaraviy texnogen avariya oqibatida yuzaga kelgan 10 soatlik energota’minotdagi uzilishni bartaraf etishda davlat rahbaridan boshlab barcha mas’ul vazirlik va idoralar fidoyilik qilishdi.

Xalqimiz ham vaziyatdan manfaat izlaydigan turli g‘alamis provokatsiyalarni sovuqqonlik bilan rad etdi.

Bu mamlakat favqulodda holatlar bo‘yicha stress-testdan o‘tganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, vakolatli Hukumat komissiyasi bunday holat takrorlanmasligi uchun aybdorlarni aniqlashiga va jiddiy jazolashiga ishonamiz.

Tinchlikni qadrlaydigan va sabrni tafakkur qiladigan o‘zbek xalqini Yaratgan panohida asrasin», deya izoh qoldirdi Alisher Qodirov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring