Aks-sado: maktab darsliklari takomillashtirilishi kerak, ammo bu ular murakkab bo‘lsin degani emas!
10 sinf algebra darsligi yaxshi o‘ylab tuzilgan. Mantiq algebrasi millatimiz kelajagi uchun juda kerak. Faqat undagi Bull algebrasidagi F va T belgilashlar o‘rniga o‘zbekcha R Va Y belgilari yoki 0 va 1 belgilashlarni kiritib o‘zgartirish kerak.
Mantiqiy fikrlash o‘quvchining real hayotda ham uni qo‘llay olishi va rivojlanib ulgurgan axborot asrida uni tushunish va yangiliklar yaratish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa yurtimiz kelajagi uchun kerak. Axborot asrida buni istisno etish kelajagimiz egalarini jar yoqasiga olib keladi.
Axborot dunyoda eng qimmat turadi, buni hech kim istisno eta olmaydi. Bas, shunday ekan, uni bolalarimizga o‘qitmog‘imiz lozim.
Zaylobiddin Xo‘jaxonov,
Farg‘ona politexnika instituti,
Oliy matematika kafedrasi assitenti.
* * *
Hurmatli «Xabar.uz» sayti xodimlari!
Sizlarning ishlaringizga ulkan mufaqqiyat tilagan holda hozirgi kunda ta’lim sohasidagi eng katta muammolar bo‘yicha yozilgan maqolani o‘qidim. O‘zim ham o‘qituvchi bo‘lganim uchun bu boradagi muammolar haqida o‘z fikr-muloxazalarimni yozib yubormoqdaman.
Mavzuga doir:
Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda (1-maqola)
Eng avvalo, «Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda» deb nomlangan maqolaning muallifi fikrlarini nechog‘lik to‘g‘ri ekanini e’tirof etgan xolda tarix darsliklari mavzuni yoritish uchun manba emas, balki ilmiy maqola ekanini, ayrim mavzularni hatto eng a’lochi o‘quvchilar ham o‘zlashtirishga qiynalishini, ingliz tili yoki boshqa xorijiy tillar bo‘yicha darsliklar shunchaki ko‘chirmachilik maxsuli ekanini qayd etish lozim.
Milliyligimizdan kelib chiqqan holda DTSga o‘zgartirish kiritib, shu asosda darsliklar yaratish maqsadga muvofiq. Kerak bo‘lsa, darslik yaratish jarayonida butun respublika bo‘ylab saralangan mutaxassislarni jalb etish to‘g‘ri bo‘lardi. Darsliklarni yaratishda o‘quvchilarning yoshidan kelib chiqqan holda, ayniqsa, boshlang‘ich sinf darsliklarida illyustratsiyaga alohida urg‘u berish kerak.
Husaynmirzo
* * *
Men «Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda» deb nomlangan maqolangizni o‘qidim. O‘zim ham bu yil abituriyentman. Hali imtihon topshirib ko‘rmagan bo‘lsam-da fikringizga mutlaqo qo‘shilaman.
Mavzuga doir:
«Nega mantiq?» yoxud «Matematika-10» darsligining 1-qismi haqida ba’zi mulohazalar
Maqolangizni o‘qib ayrim ustozlarimning institutga kirish vaqtida topshirgan testlari haqidagi ayrim narsalarni gapirib berishgani esimga tushdi. Bir ustozimiz bundan 8–9-yil ilgari institutga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirganini, u vaqtlarda testlar oson bo‘lganini, biroq hozirgi testlar o‘ta murakkab tuzilganini aytib o‘tgandi.
Yana boshqa ustozimdan ham shu rostmi deb so‘raganimda, ular ham bu fikrni tasdiqlashgandi. To‘g‘ri, o‘tgan yillar mobaynida imtihonda tushgan test savollari maktab darsliklaridan olingan bo‘lsa ham o‘ta murakkab tuzilgan, nazarimda. Maktab darsliklari yillar davomida takomillashtirilib borishi kerak, ammo bu ular murakkab bo‘lsin degani emas-ku?!
M.D.
* * *
5-sinflar uchun mo‘ljallangan eski Mehnat ta’limi kitobida bir necha mavzu uchun 1 bet joy ajratilgan. Ko‘p mavzular 2 soatdan o‘tilishi kerak. Kam ma’lumot berilgani sababini so‘rasak, «fanning asosiy qismi amaliy bo‘lishi kerak», deydi mualliflar.
Mehnat ta’limining 75-80 foizi amaliy mashg‘ulot tarzida o‘tilishi kerak. Bizda mehnat ustaxonasi tamirtalab bo‘lgani uchun dars o‘tilmayotgandi, hokimning buyrug‘i bilan 2017 yilning dekabrida ushbu ustaxona bir nogiron farzandi bor oilaga uy sifatida berildi.
Maktab o‘quv-ustaxonasini aholiga uy sifatida berish mumkinmi?
Hozir o‘quv-ustaxona yo‘q, xech qanday texnik jixoz va moslama yo‘q (birgina aylanma diskli arralash va randalash dastgohini ta’mirlab tuzatish mumkin, tuzatganda ham uni ishlatadigan joy yo‘q).
Amaliy mashg‘ulot deb yer ag‘darish-u barg terish vaqti o‘tdi. Qishloq xo‘jalik asoslari yo‘nalishi tugagan.
6–7-sinflarga kitob chiqqan, internetdan olib o‘qituvchilar foydalanayapdi, lekin o‘quvchilarda yo‘q.
8-9-sinflarning mehnat kitobini o‘qituvchilardan ham topolmadim.
Maktablarning MEHNAT O‘QUV USTAXONASIni va jihoz va moslamalar bilan to‘liq taminlanishini kim nazorat qiladi?
Ism-sharifi sir qolishini so‘ragan o‘qituvchi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter