Ajoyib aksiya: Kuchli bo‘l! Axlatni qutigacha olib bor!

Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlar orqali ajoyib aksiya targ‘ibotini boshladi.
Unga ko‘ra fuqarolar tozalikni saqlashga turli surat va shiorlar orqali targ‘ib qilinmoqda. Shu bilan birga, atrof-muhitni ifloslantirish uchun ma’muriy javobgarlik borligi ham yodga olingan.
Masalan, avtomobildan axlatni ko‘chaga uloqtirib ketish — eng kam ish haqining beshdan bir qismidan tortib, bir baravarigacha jarimaga tortilishga olib keladi. Yoki tozalik va sanitar tartibni saqlash qoidasiga amal qilmagan fuqarolar eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha jarimaga tortilsa, mansabdor shaxslar eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha jarima to‘lashlari lozim.
Shunday ekan, kuchli bo‘l! Axlatni qutigacha olib bor!
Qo‘shimcha: Mana shu kabi aksiyalar targ‘iboti davlat tilida ham olib borilsa, yaxshi bo‘lardi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter