«Afrosiyob» chiptalarining yangi narxi: eng arzon bilet 105 ming so‘m
![«Afrosiyob» chiptalarining yangi narxi: eng arzon bilet 105 ming so‘m](https://static.xabaruz.com/crop/4/2/720_460_95_4212166371.jpg)
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ 1-noyabrdan «Afrosiyob» poyezdlari chiptalarining narxini oshirishga qaror qilgani haqida yozgan edik. «Uz24.uz» nashri chiptalarning qanchaga oshgani haqidagi ma’lumotlarni keltirdi.
Hozirgi kunda Toshkent-Buxoro-Toshkent, Toshkent-Shahrisabz-Toshkent, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo‘nalishlarida 4 ta «Afrosiyob» poyezdi harakatlanib kelmoqda.
1 noyabrdan chiptalarga quyidagi narxlar belgilandi:
Toshkent — Samarqand:
• VIP-klass — 203 850 ming so‘m;
• Biznes-klass — 141 750 ming so‘m;
• Ekonom-klass — 105 300 ming so‘m.
Tashkent — Qarshi:
• VIP-klass — 282 150 ming so‘m;
• Biznes-klass — 199 800 ming so‘m;
• Ekonom-klass — 145 800 ming so‘m.
Toshkent — Buxoro:
• VIP-klass — 323 050 ming so‘m;
• Biznes-klass — 237 600 ming so‘m;
• Ekonom-klass — 172 800 ming so‘m.
Eslatib o‘tamiz, yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘l chipta narxlari shu yilning 15 avgustida ham 34—35 foizga oshirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter