Transafg‘on temiryo‘li loyihasi xavf ostidami? Rasmiy izoh
Afg‘oniston tomoni OAVda Afg‘oniston «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Aksincha, Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi raisi B.Sharofat ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanligini ta’kidlagan.
Afg‘oniston tomoni «Sogdiana-Trans» ShK («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli)ning «Hayraton – Mozori Sharif» temir yo‘l liniyasining ekspluatatsiyasi bo‘yicha olib borayotgan ishlaridan to‘liq mamnunligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi oxirida O‘zbekiston transafg‘on temiryo‘lini yaratishni boshlagani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter