Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

62 nafar mansabdorga jazo tayinlandi

62 nafar mansabdorga jazo tayinlandi

Joriy yilning olti oyi davomida tadbirkorlar faoliyatini tekshirish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 865 taga kamaygan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan Biznes-ombudsman rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2023 yilning 6 oyi davomida Biznes-ombudsmanga tadbirkorlardan 4 414 ta murojaat kelib tushgan.

«Tadbirkor virtual ofisi» axborot portali orqali 3 907 ta murojaat kelib tushgan.

Portal orqali kelib tushgan murojaatlar tahlili asosida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 19 ta taqdimnoma kiritildi, 62 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Kiritilgan taqdimnomalar natijasida mas’ul rahbar xodimlarga nisbatan 34 ta hayfsan, 16 ta jarima qo‘llanilib, 6 ta mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring