6 yoshli xaloskor

Vladikavkazda olti yoshli bolakay uch yildan buyon 100 dan ziyod egasiz qolgan uy hayvonlariga g‘amxo‘rlik qilib kelayapti. Bu borada bolakayning otasi harbiy Vadim Shapranov o‘g‘liga doimo yordamga shay.
Ota-bola ko‘chada adashib qolgan, haydab yuborilgan egasiz mushuk yoki kuchukni uyga olib kelishgach dastlab ovqatlantirishadi keyin veterinar ko‘rigiga olib borishadi. Kasal bo‘lsa davolatadi.
«Uy hayvonlariga qarash juda mushkul ish, qolaversa ularning ovqati, dori-darmoni oila daromadidan», — deydi Vadim Shapranov. — Yaxshiyamki hayvonlarga muruvvat ko‘rsatadigan odamlar ko‘p. Ular bu borada bizdan yordamlarini ayamaydi».
Uy hayvonlarini «Mehrli qo‘llar»ga berish maqsadida ota-bola ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochishgan. Bolakayning do‘stlari bilan tushgan suratlari mehribon odamlarni befarq qoldirmayapti. Uy hayvonlarini olib ketish uchun keyingi paytda qiziquvchilarning safi kengaymoqda.
Hayvonlarga befarq bo‘lmagan odamlar kuchuk yoki mushukni uylariga olib ketishgach, ota-o‘g‘il tez-tez ulardan xabar olishni — sog‘lig‘ini, o‘zini qanday his qilayotganini so‘rab turishni ham kanda qilishmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter