Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

5 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi

5 kunlik chaqalog‘ini sotmoqchi bo‘lgan ayol 5 yilga qamaldi

Sirdaryo viloyatida besh kunlik chaqalog‘ini 5 ming dollarga sotayotgan ona qo‘lga olinib, unga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 8 oktyabrida B.S. ismli ayol qiz farzand tug‘gan. So‘ng uni sotish niyatida xaridor izlagan.

13 oktyabr kuni esa Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda B.S. tadbirga xaridor sifatida jalb etilgan IIB xodimiga chaqaloqni topshirib, undan kimyoviy ishlov berilgan 5 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan.

Unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Voyaga yetmagan bola vasiylik organlariga topshirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring