Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

42 oy aliment to‘lamagan ota ma’muriy qamoq jazosiga tortildi

42 oy aliment to‘lamagan ota ma’muriy qamoq jazosiga tortildi

Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlariga birovni qamash xavasmi?! Hech-da. Aksincha, sud qarorlari hech qanday g‘urbatsiz ado etilishi tarafdori. Ortiqcha muammoga hech kimning qovog‘i uchib turibdi?! Biroq hamma sud qarorlariyam silliq ijro etilavermaydi. Qonunda sud yuklagan majburiyatdan bo‘yin tovlagan kimsaga ogohlantirishdan to ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo choralari bejiz belgilanmagan.  Pichoq suyakka yetsa,  ulardan birini qo‘llamaslikning ilojisi yo‘q.

Toshkentlik N. A.ga uch yarim yil burun sud hujjati asosida bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgandi. Oradan 42 oy o‘tdi, ammo  to‘lovdan darak bo‘lmadi.  Unga tushuntirildi, ogohlantirildi - kor qilsa, qani?! Bu yoqda qarzdorlik oy sayin ko‘payib, 24 million so‘mdan oshib ketdi.

Nihoyat, pichoq suyakka yetgach, MIB xodimi unga nisbatan Shayxontohur tuman ma’muriy sudiga MJtKning (Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks) 474-moddasiga asosan ma’muriy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga majbur bo‘ldi.

Natijada   sud qaroriga asosan N. A.ga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

MIB Toshkent shahar matbuot xizmati rahbari Marg‘uba Amonovaga ko‘ra, qarzdorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanishi uning zimmasidagi majburiyatdan ozod etilishiga asos bo‘lmaydi. Qarzdorlik baribir bartaraf etilishi shart. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring