Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

2022-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi

Prezident farmoni bilan 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.

➖ barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 3 yanvar - dushanba, 22 mart - seshanba, 23 mart - chorshanba, 11 iyul - dushanba, 2 sentyabr - juma;

➖ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 4 yanvar - seshanba, 4 may - chorshanba, 5 may - payshanba, 12 iyul - seshanba, 3 sentyabr - shanba va 31 dekabr - shanba.

Shuningdek, 2022-yilda besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari qo‘yidagi tartibda ko‘chirildi:

8-yanvar - shanba kunidan 4-yanvar - seshanba kuniga;

7-may - shanba kunidan 4-may - chorshanba kuniga;

14-may - shanba kunidan 5-may - payshanba kuniga;

16-iyul - shanba kunidan 12-iyul - seshanba kuniga.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring