2022-yil 1-dekabrdan «Qoplonbek» va «Zangiota» avtomobil nazorat punktlari yopiladi
2022-yil 1-dekabrdan ikki mamlakat chegarasidagi «Qoplonbek» (Qozog‘iston) va «Zangiota» (O‘zbekiston) avtomobil nazorat punktlarini yopish rejalashtirilgan. Qozog‘iston moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi ma’lum qilishicha, bu punktlarda modernizatsiya ishlari bajariladi.
Qayta ta’mirlash jarayonida 2 ta harakat yo‘lagi 6 taga kengaytiriladi. «Qoplonbek» nazorat-o‘tkazish punktining transport vositalarini o‘tkazuvchanligi kuniga 200 tadan 1000 tagacha oshadi, chegaradan o‘tish vaqti 25 daqiqagacha qisqaradi, deyiladi xabarda.
Avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi «Zangiota – Qoplonbek» nazorat-o‘tkazish punkti 2022-yil 1-noyabrdan 19 oy muddatga yopilishi ma’lum qilingandi.
2022-yilning 20-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi tayyor bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter