Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yilga berilgan nomni ma’lum qildi
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlisga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari nutqi davomida 2021 yilga berilgan nomni ma’lum qildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangi kirib kelayotgan yilga Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb nom berildi.
«Yilga nom berish juda qiyin va mas’uliyatli ish. Biz bunin guchun ko‘p tayyorgarlik ko‘rdik. Yoshlarga bo‘lgan e’tiborimiz, joylardagi vaziyat va umumiy muhit inobatga olindi.
Pandemiya vaqtida aholi sog‘ligini mustahkamlash bo‘yicha boshlangan ishlarni bugun davom ettirmasak, muammolarni hal qilmasak, ertaga kech bo‘ladi. Kasallik avj olgan vaqtda muammolardan, kamchiliklardan qiynaldik, ammo sarosimaga tushmadik.
Muammolarimiz bilindi va ularni hal qilishda ishtirok etgan barchaga rahmat aytaman.
Biz yoshlarga hamma sharoitni yaratib berishimiz kerak, O‘zbekistonning buyuk kelajagi uchun shunday qilishimiz shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter