Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yil Sirdaryoda mehnat muhofazasi muammosi tufayli 11 kishi vafot etdi

2018-yil Sirdaryoda mehnat muhofazasi muammosi tufayli 11 kishi vafot etdi

Foto: «Sirdaryo Xabarlari»

O‘tgan 2018-yil davomida Sirdaryo viloyatidagi ba’zi korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasiga rioya qilinmayotganligi va xodimlar uchun yetarli sharoitlar yaratilmaganligi natijasida 45 ta holat bo‘yicha ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa ro‘y berdi. 3 ta guruhiy, 31 ta oqibati og‘ir baxtsiz hodisalar natijasida 11 nafar kishi vafot etdi, 42 ishchi og‘ir, 25 nafar xodim yengil tan jarohati olgan.

Guliston shahrida «Mehnat muhofazasiga rioya qilish va xodimlar uchun yetarli shart-sharoit yaratish» masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali-seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Sirdaryo viloyati hokimligi, bandlik bosh boshqarmasi, yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi, kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ishtirokchilar viloyatdagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat munosabatlari tartibi, ishchi-xodimlar uchun qulay va xavfsiz ish sharoiti yaratish, mehnat muhofazasini tashkil etish va sanoat xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama etdi. 

Yagona davlat mehnat inspeksiyasi xodimlarining asosiy vazifalari — fuqarolarning munosib mehnat sharoitlariga doir xuquqlarini va uning xuquqiy himoyasini ta’minlash bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalaga oshirishdan, manfaatdor korxona va tashkilotlar bilan birgalikda majburiy mehnat, shu jumladan, bolalar mehnatidan foydalanish monitoringini tashkil etish va ularning har qanday noqonuniy shakllaridan foydalanishga barham berish, davlat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy organlar, tuman va shaharlar hokimliklari va boshqa tashkilotlar bilan mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish va ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Darhaqiqat, o‘tgan davr mobaynida ushbu inspeksiya tomonidan hududlarda qator tadbirlar, seminarlar va uchrashuvlar tashkil etilib, qarorning mazmun-mohiyati yuzasidan ish beruvchilarga atroflicha tushinchalar berildi. Korxona va tashkilotlarda o‘tgan yil davomida mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, is gazi, yong‘in xavfsizliklari bo‘yicha ham 2 mingga yaqin nazorat tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

A.Qayumov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring