2-aprel kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 2-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahri.
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2° sovuq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 1-3° sovuqgacha, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter