«Zapravka»larda narx oshmasligi uchun keskin choralar ko‘riladi
Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida gazni sotishda uning eng baland chakana narxi kelgusi olti oyda kub metr uchun 3 250 so‘mdan oshib ketmasligi bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston hukumati gaz tariflari oshirilganidan keyin avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida narxlar keskin ko‘tarilishini cheklash choralarini ko‘rmoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter