Yo‘llar holatini normal ushlab turish uchun yiliga 15 trln. so‘m kerak bo‘lmoqda
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yo‘llarni normal holda ushlab turish uchun yiliga kamida 15 trillion so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi.
«Bir narsani tushunib olish zarur. Hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham yo‘llarni qurish yoki ta’mirlash to‘liq davlat hisobidan amalga oshirilmaydi. Shuning uchun biz ham bu ishlarga xususiy sheriklarni faol jalb qilishimiz shart», - dedi Prezident.
Misol uchun, Yevropa Ittifoqida yo‘l xo‘jaligi sohasida xususiy sheriklik asosida so‘nggi 10 yilda 120 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilgan. Bizda esa bu boradagi ishlar sustligi ko‘rsatib o‘tildi.
Yo‘l sohasidagi xususiy sheriklik loyihalarida investorlarga qo‘yiladigan shartlar va davlatning majburiyatlarini aniq belgilash zarurligi qayd etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter