Yil yakunida pensiyalar oshishi kutilmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilgan Qonun loyihasiga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyalarni to‘lash muddati ikki barobarga, ya’ni 12 oydan 24 oygacha uzaytirilmoqda.
Bunday pensionerlar yiliga 820 nafarni tashkil etadi. Ularga to‘lanmagan pensiya miqdori esa 15 milliard so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, majlisda ishtirok etgan Pensiya jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari Zoxidxo‘ja Tursunovning ma’lum qilishicha, 2023-yil yakunigacha pensiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan.
Pensiyalarni yillik inflyasiya darajasini hisobga olgan holda hisoblab, oshirib borish nazarda tutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter