Yil boshidan beri qancha ko‘p qavatli uy qurilgani ochiqlandi
Joriy yilning 9 oyi yakuni bilan 24 185 ta xonadonli 602 ta ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirilgan.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Akbarjon Nig‘matov ma’lum qildi.
Xususan, uylar qurilishi ko‘payishi Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona va Navoiy viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tahlillarga asosan qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarning qavatliligi oshib bormoqda o‘tgan yilda qurilgan uylarning o‘rtacha qavatliligi 5 qavatni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilda ko‘rsatkich 7 qavatga to‘g‘ri kelmoqda.
Shu bilan birga, Kadastr agentligining ma’lumotiga asosan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida birlamchi bozordagi (dasturlar va undan tashqari) sotilgan xonadonlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 162 foizga o‘sgan.
2023-yilning may-sentyabr oylarida subsidiya bo‘yicha 29 ming 485 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan.
Bugungi kungacha, ipoteka kreditlari bo‘yicha jami 10 ming 537 nafar fuqaroga 337 mlrd so‘mlik subsidiya mablag‘lari to‘lab berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter