Yaqin Sharqdagi tanglik oltin narxini oshirdi
Eronga hujumlar haqidagi xabarlardan so‘ng, moliyaviy bozorlardagi xavf-xatarlar fonida, bugun, juma kuni oltin narxi oshdi. Mintaqaviy xatarning kuchayishi xavotirlari xavfsiz aktivlarning jozibadorligini oshirdi, deb xabar berdi CNBC.
Oltin 0,3 foiz qimmatlab, bir troya unsiyasi uchun $2386,05 ni tashkil etmoqda. 1 unsiya — 31,1 gramm.
Oltin quymalari, besh haftadirki, tinmay qimmatlashmoqda. Ushbu haftada narx o‘sishi 2 foiz atrofida bo‘ldi.
«Bozor hujum xususiyati va uning aks-sadosi haqida haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni kutmoqda», — dedi Capital.com moliya bozori tahlilchisi Kayl Rodda.
O‘zbekiston Markaziy banki 17-aprel kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangilagan edi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln so‘mdan oshgandi.
O‘sha kungi sana bo‘yicha 5 grammlik oltin quymalar narxi 5 mln 12 ming so‘mni, 15 grammlik esdalik tanga narxi 15 mln 181 ming so‘mni tashkil qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter