Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi agentlik tashkil etiladi

Yangi agentlik tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi tashkil etiladi.

Maqsad – mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlarni takomillashtirish, hududlar va tarmoqlarning jadal rivojlanishini ta’minlash uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligi va raqobatbardoshligini oshirish.

Agentlikning asosiy vazifalari sifatida tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiyalarni jalb etish va loyihalarni amalga oshirishning strategik masalalarini o‘rganish, investitsiya faoliyatining istiqbolli tarmoqlari va yo‘nalishlarini aniqlash  hamda boshqalar belgilanmoqda.

Agentlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini, samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini, uning faoliyati bilan bog‘liq boshqa qarorlarni O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi Strategik rivojlanish agentligining Kengashi tasdiqlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring