Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq banki tomonidan hududlarda Bank xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda

Xalq banki tomonidan hududlarda Bank xizmatlari markazlari tashkil etilmoqda

Foto: Xalq banki axborot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 23-iyul kuni kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida tijorat banklarining joylardagi 70-100 nafar xodim ishlaydigan filiallar o‘rniga 10-15 nafar shtatdan iborat ixcham «Bank xizmatlari markaz»larini ko‘paytirish lozimligi alohida ta’kidlangan edi.

Xalq banki axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu topshiriq ijrosidan kelib chiqqan holda aholiga bank xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida aholi gavjum joylarda «Bank xizmatlari markazlari» tashkil etilmoqda. Yaqinda aksiyadorlik tijorat Xalq banki Xorazm viloyati filiali tomonidan Urganch shahrida ana shunday «Bank xizmatlari markazi» faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

Urganch shahrida tashkil etilgan markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatilish yo‘lga qo‘yildi. Xususan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa kreditlarni rasmiylashtirish, plastik kartochka ochish imkoniyati yaratildi.

— Ushbu markazda mijozlarga hisob raqam ochish, kredit berish uchun ariza olish, omonatni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan, — deydi Xalq bankining Xorazm viloyati filiali rahbari Jamol Yusupov. — Natijada, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati oshib, ularning bank xizmatlaridan foydalanishga ketadigan vaqti kamaydi.

Ushbu «Bank xizmatlari markazi» bankomatlar bilan ta’minlangan bo‘lib, dam olish kunisiz faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda bozor aholisi bankomat xizmatidan foydalanishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, internet va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

Foto: Xalq banki axborot xizmati

— Endi turli to‘lovlar hamda bank xizmatlari uchun uzoqqa borishga  hojat qolmadi, — deydi Komila Egamberdiyeva. — Uyimizning yonida tashkil etilgan markazda kredit to‘lovlarini so‘ndirishi, plastik karta ochish, omonat bo‘yicha va jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minot tizimidagi tushgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlari ham mavjud ekan.

Qayd etish joizki, Xalq banki tomonidan bosqichma-bosqich bunday markazlar barcha hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Albatta, bu kabi markazlar mamlakatimiz aholisi uchun qulay, tezkor hamda ishonchli bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring