Uzcard bankomatlar bo‘yicha muhim yangilikni e’lon qildi
Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlarni yakunladi.
Bu haqda Uzcard rasmiy saytida xabar berildi.
Hozirgi vaqtda pilot rejimida ikkita bankomat ishlab turibdi: Uzcard’ga ulangan va Humo bank kartalarini qabul qiluvchi «Kapitalbank» ATB bankomati, shuningdek, Humo‘ga ulangan va Uzcard kartalari qabul qilinishini ta’minlaydigan «Xalq banki» ATB bankomati.
To‘lov tizimlarining ikkala operatori tomonidan test sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanib, shuningdek, tranzaksiyalarni amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolar aniqlangandan so‘ng, tijorat banklarining barcha bankomatlarini ulash rejalashtiriladi.
2023-yil 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter