Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UzAuto Motors» malakali kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilmoqda

«UzAuto Motors» malakali kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilmoqda

Andijon viloyatining Asaka shahri Asaka avtomobil zavodi bilan butun respublikaga nom taratgan. Avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu sohada mamlakat alohisining salmoqli qismi ish bilan bandligi ta’minlangan. Avtomobilsozlikdagi bitta ish o‘rni turdosh sohalarda 7-8 ta ish o‘rnini yaratadi. Bugungi kunda zavodning ishlab chiqarish hajmi 300 000 ming dona avtomobil bo‘lib, ushbu quvvat kundan kunga ortib bormoqda.

Qolaversa, xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan kompaniyaning boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich tranformatsiya qilish doirasida, GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida yangi Chevrolet Tracker va Onix avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish amalga oshirildi.

«Korxonada ishlab chiqarish hajmining bosqichma-bosqich oshirilishi, yangi GM platformasida Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini yig‘ishning boshlanishi minglab yangi ish o‘rinlari, yangi ishchi kuchiga bo‘lgan talabni keltirib chiqarmoqda», – deydi UzAuto Motors xodimlarni boshqarish direksiyasi rahbari Ilhom Tairov.

«UzAuto Motors» AJ malakali kadrlarni ishga jalb etish maqsadida, joriy yilning 17-avgust kuni «uzautojobs.uz» portalida tanlov e’lon qildi.

Ma’lumot o‘rnida: Kompaniya xodimlarni jalb qilishning shaffofligini ta’minlash, inson omilini kamaytirish va korrupsion holatlarning oldini olish maqsadida, ishga malakali mutaxassislarni qidirish, jalb qilish va tanlash, nomzodlarni suhbat yohud tanlov asosida ishga qabul qilish uchun «uzautojobs.uz» yangi bo‘sh ish o‘rinlar portali faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.

Bugungi kunda tanlovga jami 7 000 dan ziyod arizalar kelib tushdi. Nomzodlar tanlov asosida 4 bosqichda ishga qabul qilinadi.

Bular: 1-bosqich test topshirish jarayoni bo‘lib, bunda nomzodlarning bilim ko‘nikmalari baholanadi. Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar 2-bosqich, ya’ni jismoniy tayyorgarlik sinovidan o‘tkaziladi. Mashqlarda yaxshi natija ko‘rsatgan nomzodlar, 3-bosqich – amaliy mashg‘ulotlar bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Uchala bosqichdan ham yaxshi natijani qayd etgan nomzodlar bilan esa maxsus qabul komissiyasi a’zolari ishtirokida yakuniy suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi. Yakuniy suhbat natijasiga ko‘ra, ayni paytda hozircha 500 nafarga yaqin nomzodlar ishga qabul qilindi.

Ayni kunda «uzautojobs.uz» portalida tanlovga hujjat topshirish davom etmoqda. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha arizalarni qabul qilish faqat nomzodlar tomonidan maxsus elektron platformadagi so‘rovnomani to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar uzautojobs.uz saytiga murojaat qilishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqami:+99 8 78 141 77 77

Tanlovda qatnashing va oylik maoshi yaxshi, munosib ishga ega bo‘ling!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring