«Umra plyus» turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

O‘tgan yili turizm xizmatlari eksporti 3,5 milliard dollar bo‘ldi. Lekin, bu imkoniyatlarimizga mos emasligi qayd etildi.
Masalan, Malayziya va Indoneziyada 7 millionga yaqin Naqshbandiya tariqati izdoshlari bor. Ular Umraga borishdan oldin ziyoratgohlarimizga sayohat qilishni istaydi. Bu sayyohlarni Kuala-Lumpur yoki Jakartadan Samarqand va Buxoroga kamida 2 kunga olib kelib, keyin o‘zimizni samolyotda Umraga yuborish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Mutasaddilarga Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun «Umra plyus» turpaketini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Shahrisabzda «Oqsaroy», Xivada «Ichan qal’a», Buxoroda «Labi hovuz», Toshkentda «Yangi O‘zbekiston» maydonlari bo‘lsa-da, ularda konsert, ko‘rgazma, forumlar o‘tkazish bo‘yicha reja qilinmagani ko‘rsatib o‘tildi. O‘zimizdagi 6 ta turistik markazda xalqaro darajadagi san’atkorlarning konsertlari tashkil qilinsa, mehmonxona, restoran, kafe, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlari sayyohlar bilan to‘lishi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga kamida 1 million turistni olib keladigan konsert, biznes forumi va ko‘rgazmalar o‘tkazish dasturini ishlab chiqish topshirildi.
Shuningdek, to‘liq o‘rganilmagan tarixiy ob’yektlar juda ko‘pligini inobatga olib olimlar bilan birgalikda jozibador tarixiy ob’yektlarni aniqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter