Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell Sirdaryoda tarmoqni modernizatsiya qilish loyihasini yakunladi (video)

Ucell Sirdaryoda tarmoqni modernizatsiya qilish loyihasini yakunladi (video)

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) «Huawei Tech Investment Tashkent» MChJ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida va Sirdaryo viloyati hokimligi yordami bilan Sirdaryoda baza stansiyalarini qurish va modernizatsiya qilish loyihasini yakunladi.

Abonentlarni sifatli mobil aloqa bilan ta’minlash maqsadida to‘qqizta yangi sayt qurilib, 496 ta yangi baza stansiyalari o‘rnatildi. Shu jumladan 700 MGs, 1800 MGs, shaharlar va viloyat markazlarida 2600 MGs chastota diapazonlarida ishlovchi 4G/LTE formatidagi stansiyalar ham.

Andrey Shishkovskiy, Ucell bosh direktori:

— Ucell kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab tarmoqni yangilash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda. 2023 yilda O‘zbekistonning bir nechta hududlarida bir vaqtning o‘zida eskirgan mobil tarmoq uskunalarini texnologik jihatdan ilg‘or uskunalarga almashtirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Sirdaryo viloyatida uskunalarning samarali ishlashi natijasida Ucell o‘z abonentlariga yuqori sifatli xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Huawei kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari o‘rnatilishi tarmoq ishonchliligini oshirdi va uning ishlashini osonlashtirdi.

Ovozli qo‘ng‘iroqlar sifati sezilarli darajada yaxshilandi, internet tezligi va undan foydalanish oshdi. Shaharlarda, magistral yo‘llarda va jamoat joylarida qamrov maydoni kengaydi.

Bunday loyihalar hozirda Namangan va Toshkent viloyati hamda Toshkent shahrida ham amalga oshirilmoqda.

Chen Szyakay, Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh direktori:

— Huawei kompaniyasi Ucell va boshqa mahalliy aloqa operatorlari bilan hamkorlikda chorak asrdan beri O‘zbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini uzluksiz mustahkamlash uchun ilg‘or yechimlarni taqdim etib kelmoqda. Bugun biz, ayniqsa, hududlarda tarmoq sifati va sig‘imini oshirish bo‘yicha Ucell bilan yana bir hamkorlik muvaffaqiyatini nishonlamoqdamiz. Modernizatsiya juda qisqa vaqt ichida amalga oshirildi va endi abonentlarga foydalanuvchi tajribasini yaxshilash va ko‘proq raqamli imkoniyatlarni ochish imkonini beradi. O‘z navbatida, biz buyurtmachilar va ekotizimdagi hamkorlar bilan ishlashni davom ettiramiz va aholiga yuqori tezlikda xizmatlar ko‘rsatish yo‘lida tarmoqlarini rivojlantirishida ularni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Timur Umarov, Ucell-Guliston texnik bo‘limi bosh muhandisi:

— Asosiy qiyinchilik: ish faoliyatidagi tarmoqlarni almashtirish bo‘ldi. Aloqa uzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvaliga yangi jihozlarni o‘rnatdik va shundan so‘ng eskisini demontajga tayyorladik. Stansiyalarni almashtirish esa juda qisqa muddatlarda amalga oshirildi.

Qishki montaj vaqtida ham o‘ziga xosliklar bo‘ldi: muhandislar sovuq sharoitda ishlashlashga majbur bo‘ldi. Ishlarimizning natijalari muvaffaqiyatli ekanligi yanada quvonarli biz uchun. Sirdaryo viloyatidagi Ucell abonentlari kompaniya faoliyatidan mamnun, ijobiy fikrlar qoldirishmoqda.

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) abonentlarini 4G aloqasi bilan taminlash loyihasi yakunlanishi munosabati bilan 24 iyun kuni Guliston shahridagi musiqali drama teatri maydonida katta konsert bo‘lib o‘tdi. U Ucell kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyati hokimligi, Sirdaryo viloyati madaniyat va turizm boshqarmasi hamda Huawei kompaniyasi ko‘magida tashkil etildi.

Konsertda Zo‘rTV telekanalining mashhur «Artist» musiqiy shou loyihasining yosh xonandalari hamda o‘zbek estradasi yulduzi Shoxruh ishtirok etdi. Mehmonlar va tomoshabinlar uchun Ucell va Huawei tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg‘alariga boy qiziqarli tanlovlar hamda viktorinalar taklif etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring