Sirdaryoda yil boshidan buyon 43 ta tadbirkorning huquqlari tiklandi
Yil boshidan buyon Sirdaryo viloyatida jami 43 ta tadbirkorlik sub’yektlarining turli ko‘rinishdagi huquqlari tiklandi. Jumladan, 5 ta holatda 479,1 gektar noqonuniy olib qo‘yilgan yer maydonlari qaytarildi, 19 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish yuzasidan choralar ko‘rildi, 130 ta holatda 79,3 mlrd.so‘mlik tegishli imtiyozlarni qo‘llanilishi ta’minlandi.
Masalan, Sayxunobod tumani hokimining tegishli qarorlari bilan «Isoq ota Jasur», «Mirjamolboy urug‘chi» va «Sadulla-Sayidbek» fermer xo‘jaliklarining tuman hokimligi zaxirasiga olingan jami 277,1 ga yer maydonlari sud qarorlari asosida qaytarildi.
Shuningdek, joriy yilda tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Sog‘liqni saqlash, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hamda viloyat davlat bojxona boshqarmalarida o‘rganishlar o‘tkazilib, tegishli taqdimnomalar kiritildi.
Umuman olganda, yil boshidan buyon aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 14 ta nazorat organiga taqdimnoma kiritilib, 2 nafar xodimga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilib, 2 nafar hodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsa, nazorat organlarining 28 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomalari rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudlarga kiritildi.
Bundan tashqari, yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha mahalliy hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, Bandlik bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda «Har bir tadbirkor – yoshlarga madadkor» tamoyili asosida mehnat yarmarkalari tashkil etilib, bugungi kunga qadar viloyatning 6 ta tumanida o‘tkazilgan yarmarkalarda 220 dan ortiq yoshlarning bandligi ta’minlandi hamda bu tadbirlar hali davom etmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatida yuqorida ta’kidlanganidek hali anchagina muammolar, yechililishi zarur bo‘lgan masalalar mavjud bo‘lib, bu borada ishlarni kuchaytirish talab etiladi.
Biznes-ombudsman devoni
Sirdaryo viloyati xodimlari
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter