Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Ukrainadagi vaziyat tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Ukrainadagi vaziyat tufayli vujudga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni yumshatish bo‘yicha topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo‘yicha respublikamizning har bir tarmog‘i va hududi kesimida aniq chora-tadbirlarning batafsil Rejasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz ishlashi va rejalashtirilgan investitsiya loyihalari o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmog‘ining ishonchli faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish, bunda eksport geografiyasi yanada diversifikatsiya qilinishini ham hisobga olish vazifasi qo‘yildi.

Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarini kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishsiz aholi bandligini ta’minlashni jadallashtirish, shuningdek, inflyasiya darajasini doimiy monitoring qilish va iste’mol bozorida narxlarning keskin tebranishlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha avvaldan chora ko‘rish zarurligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring