Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Selitra, karbamid, ammiak — «Maxam-Chirchiq» faoliyatiga nazar

Selitra, karbamid, ammiak — «Maxam-Chirchiq» faoliyatiga nazar

«Maxam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyati mamlakatimiz kimyo sanoatining dastlabki vakili hisoblanadi. Joriy yilda korxona tashkil topganligining 80 yilligi nishonlanadi.

2007 yilda korxona aksiyalarining 49 foizini Ispaniyaning «MAXAM Corp.» kompaniyasi sotib oldi.

«Maxam-Chirchiq»da keyingi yillar mobaynida karbamid sexida texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimi joriy etildi. Ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash dasturi bo‘yicha elektr energiya bilan ta’minlovchi transformatorlarga energiya tejovchi uskunalar o‘rnatildi. Ammiak ishlab chiqarish sexini boshqarish avtomatlashtirildi. «Zichligi past ammoniy nitrat (g‘ovakli selitra) ishlab chiqarishni tashkil etish» investitsiya loyihasi asosida korxonada g‘ovakli selitra ishlab chiqarish sexi qurilib, ishga tushirildi. Hozirgi kunda bu sex mahsulotining deyarli 90 foizi eksportga yo‘naltirilgan.

Korxonada «Xom-ashyo tayyorlash uskunalarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish orqali mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish hajmini oshirish» loyihasi amalga oshirildi. Natijada ammiak ishlab chiqarish uchun sarflanadigan elektr energiyasi va tabiiy gazni tejashga erishildi.

Bugungi kunda korxonada karbamid, ammiak selitrasi, ammoniy sulfati, turli kislotalar, kimyoviy reagentlar singari qirq xildan ortiq mineral o‘g‘it va kimyoviy mahsulotlar tayyorlanmoqda. Mahalliylashtirish dasturi doirasida magniy sulfati, magniy nitrati, modifikatsiyalashtirilgan g‘ovakli selitra, kaliy sulfati, oltingugurt-magniy qo‘shilmali karbamid singari yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Ayni kunda korxona mahsulotlari dunyoning 16 ta davlatiga eksport qilinmoqda.

Oxirgi yillarda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatining atrof- muhitga ta’siri sezilarli darajada kamaydi. 2019 yil yakunlariga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanuvchi zararli moddalar belgilangan chegaraviy me’yordan 3,9 marotaba kamayishiga erishildi.

Havo havzasini uzluksiz nazorat qilish uchun «Maxam-Chirchiq»AJ da «Chilgert» turidagi 11 dona gaz tahlil uskunalari o‘rnatilgan.

Ma’lumotlar nazorat asboblaridan haqiqiy vaqt rejimida (onlayn) O‘zbekiston Respubikasi O‘zgidrometga beriladi.

Korxonaning sanitar laboratoriyasi xodimlari tomonidan korxona sanitarariya-himoya zonasini hamda Chirchik shahar va unga yondosh hududlarini atmosfera havosini nazorati 2 ta maxsus ekolaboratoriya avtomashinasida har ikki soatda zamonaviy «EKOLAB» gazoanalizatori orqali amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning mart oyi «O‘zkimyosanoat» AJ tizimida «Ko‘kalamzorlashtirish oyligi» deb e’lon qilindi. 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, «Maxam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyati va unga yondosh xududlarda ekilgan daraxtlarning umumiy soni - 13294 dona bo‘lib, ulardan mevali daraxtlar soni 1274 dona, manzarali daraxtlar soni 12020 tani hamda ekilgan mavsumiy gullar soni -12000 tani tashkil etadi.

«Ko‘kalamzorlashtirish oyligi» loyihasi doirasida korxona va unga yondosh hududlarda ekiladigan daraxtlar soni 5500 donani, gullar - 40 000 donani tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring