Rossiyadan pul o‘tkazishda muqobil tizimlardan foydalanish tavsiya etildi
Markaziy bank xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyada faoliyatini to‘xtatishi bilan u yerdan O‘zbekistonga pul o‘tkazishda muqobil to‘lov xizmatlaridan foydalanishni tavsiya qilgan.
«Mart oyining birinchi yarmida vaziyatdan kelib chiqqan holda ayrim xalqaro pul o‘tkazmalari operatorlari faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar yoki to‘xtalishlar kuzatilgan edi. Ushbu to‘xtalishlarga o‘sha paytda vujudga kelgan noaniqliklar sabab bo‘lgan», deyiladi bank xabarida.
Aytilishicha, Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi ko‘plab tizimlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ba’zi tizimlarda uzilishlar vujudga kelganda ularning boshqa muqobilidan foydalanish imkoniyati mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter