Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston korxonasi ko‘chirmakashlik qilganini isbotladi
Davlat raqobat qo‘mitasi «TD GraSS» (Voljskiy, Rossiya) OAJ tomonidan taqdim etilgan uning intellektual mulkiga bo‘lgan huquqi «Hamkor Nur Biznes» OAJ tomonidan buzilgani haqidagi murojaatini ko‘rib chiqdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
«TD GraSS» MChJ murojaatida ular tomonidan ishlab chiqariladigan tozalash vositalarining nomlanishi va etiketkasi O‘zbekiston korxonasi tomonidan ko‘chirib olingani ta’kidlangan.
Davlat raqobat qo‘mitasi mutaxassislari murojaatni o‘rganib chiqdi va Rossiya kompaniyasi o‘z mahsulotini 2015 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga yetkazib berishini aniqladi.
«Hamkor Nur Biznes» OAJ esa xuddi shu kabi mahsulot ishlab chiqarishni 2017 yilda yo‘lga qo‘ygan.
«Qator mahsulotlarning nomlanishi va etiketkasi to‘liqligicha Rossiya ishlab chiqaruvchisi mahsulotlaridan nusxa ko‘chirilgan (UNIVERAL CLEANER, FLOOR WASH, CLEAN GLASSTORUS)», — deyiladi xabarda.
Shu tarzda O‘zbekiston kompaniyasi «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi to‘rtinchi qismini buzgan deb topildi va tegishli ko‘rsatma oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter