Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quyosh panellari – ekologik xavfsiz va tejamkor elektr manbai

Quyosh panellari – ekologik xavfsiz va tejamkor elektr manbai

Elektr narxining hadeb oshib ketaverishidan xunob bo‘lyapsizmi? Mikrokreditbank siz uchun har tomonlama qulay bo‘lgan quyosh panellaridan foydalanishni taklif etadi.

Quyosh panellari xavfsiz, tejamkor, atrof-muhit uchun bezarar, har tomonlama qulay bo‘lgan energiya manbaidir. U Quyoshdan kelayotgan yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradigan qurilma. Bunday uskuna yordamida uyda ham ish joyida ham ancha muncha energiyani tejash mumkin.

Agar Siz ham xonadoningiz yoki korxonangizga energiya manbasini tejovchi quyosh panellarini o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, biz sizga quyidagi 2 ta kreditimizni taklif qilamiz.

  • Jismoniy shaxslar uchun «Saving energy» iste’mol krediti;
  • Yuridik shaxslar uchun esa «Green energy» krediti.

«Saving energy» iste’mol krediti – Jismoniy shaxsga quyosh fotoyelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shamol generatorlari, quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan mikro va kichik gidroyelektrostansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, boshqa qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalari, energiya saqlash tizimlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish uchun to‘lovni amalga oshirishga beriladi.

«Green energy» krediti – tadbirkorlik subekti hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini oshirish loyihalarini moliyalashtirishga ajratiladi.

Kreditlar 5 yilgacha bo‘lgan muddatda yillik 24 foizdan ajratiladi.

Ayni paytda ana shunday energiya manbalari keng joriy qilinmoqda. Bankimizning 36 ta filialiga ham quyosh batareyalari o‘rnatildi.

Taqqoslab ko‘ring: quyosh panellarini xarid qilish va jihozlash uchun bir marta xarajat qilasiz. Ammo ularning xizmatidan keyinchalik butun umr, cheklovlarsiz foydalanishingiz mumkin. Ortiqcha xarajatga ham, elektr energiyasini iqtisod qilish haqida bosh qotirishga ham hojat yo‘q.

O‘zingiz uchun ham, ekologiyamiz uchun ham eng yaxshisini tanlang!

MKBANK sizga bu borada yordam berishga tayyor!

Bank Axborot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring