«Kvars» AJ 265 mlrd so‘mga sotildi
«Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyati «Kvars» AJ ustav kapitalidagi 89,78 foiz aksiyalar paketini 265 mlrd so‘mga sotib oldi.
Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qilgan.
«Quvasoysement»ga «Kvars» korxonasining 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatlarini to‘liq qoplash yuklatilgan.
«Kvars» AJ aksiya paketini xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter