QQS summasi o‘rnini qoplash tartibi belgilandi
«Qo‘shilgan qiymat solig‘i hamda chet el yuridik shaxslari bilan bog‘liq soliq ma’murchiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom QQSning salbiy farq summasini qoplash, shuningdek, boshqa soliqlar bo‘yicha qarzdorlik hisobiga qoplashni tartibga soladi.
Nizomga ko‘ra, arizalar soliq to‘lovchi hisobga olingan joydagi soliq organlariga shaxsiy kabinet orqali beriladi.
Soliq organi hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, 5 kunda hujjatlarni soliq to‘lovchiga qaytaradi.
Hujjatlar to‘liq bo‘lganida soliq organi 50 kungacha muddatda arizada qayd qilingan, QQSning asoslanganligi yuzasidan kameral nazorat o‘tkazadi.
Nazorat natijalariga ko‘ra, soliq organi QQSni to‘liq yoki qisman qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va uning nusxasi soliq to‘lovchiga yuboriladi.
Soliq to‘lovchi qaror nusxasini olganidan boshlab 3 kunda tafovut aniqlangan davr uchun soliq hisobotini beradi.
Qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi soliq organi tomonidan mustaqil ravishda soliq to‘lovchining boshqa soliqlardan bo‘lgan qarzlariga yo‘naltirilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter