Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) benzin narxini oshishiga olib keladimi?

Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) benzin narxini oshishiga olib keladimi?

Foto: Adliya vazirligi matbuot xizmati

Joriy yilning 4-iyul kuni Adliya vazirligida qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida «Qonunchilikdagi yangiliklar» nomli brifing va matbuot anjumani tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida soha mutaxassislari tomonidan jurnalistlarga mazkur Farmon mazmun-mohiyati tushuntirildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Qabul qilingan Farmonga ko‘ra 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali oxirgi iste’molchilariga sotadigan yuridik shaxslar, ushbu tovarlarni sotishdan tushumning miqdoridan qat’iy nazar, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari hisoblanadi.

Matbuot anjumani davomida, jurnalistlar hamda ishtirok etgan tadbirkorlar tomonidan «Qo‘shilgan qiymat solig‘ini kiritilishi benzin narxining oshishiga ta’sir etadimi?» degan savol o‘rtaga tashlandi.

Moliya vazirligi mas’ul xodimi Otabek Yakubovning so‘zlariga ko‘ra, benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni yoqilg‘i narxi davlat tomonidan tartibga solinadigan mahsulotlar tarkibiga kiradi. Bu davlat tomonidan AI 80 markali benzin uchun 4000 so‘m miqdorida, AI 90 markali benzin uchun 4500 so‘m miqdorida belgilangan va shu miqdorda saqlanib qoladi. Mazkur normaning kiritilishi aynan mazkur maxsulotlarni avtomobil yoqilg‘ilarini qo‘yish shahobchalari sotayotgan korxonalar uchun ko‘proq foydali, deya ta’kidladi.

Bundan tashqari, mazkur Farmonga muvofiq 2019-yil 1-avgustdan yagona yer solig‘i to‘laydigan qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashga ixtiyoriy o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring