Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishga jamg‘ariladigan mahsulotlar hajmi tasdiqlandi

Qishga jamg‘ariladigan mahsulotlar hajmi tasdiqlandi

«2020-2021-yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Hukumat qarori (648-son, 15.10.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan 2020-2021-yilgi qish-bahor mavsumiga asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zaxiraga jamg‘arishning umumiy prognoz hajmlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 4 ta asosiy turdagi (kartoshka, piyoz, sabzi, guruch) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining respublika bo‘yicha jami zaxira hajmi 795 ming tonna etib belgilandi.

Shuningdek, ushbu mahsulotlarni arzon narxlarda zaxiraga jamg‘arish uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilar, tayyorlov tashkilotlari va ijtimoiy soha muassasalari o‘rtasida istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kontraktatsiya shartnomalari tuziladi.

Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-yanvarga qadar zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlarni ichki iste’mol bozoriga yetkazib berish  jadvallari ishlab chiqiladi.

Mahsulotlarni zaxiraga jamg‘arishda tadbirkorlarning zarar ko‘rishini va narxlar oshib ketishini oldini olish maqsadida quyidagilar joriy etiladi:

  • asosiy turdagi mahsulotlarni tashishda yo‘l-transport hodisasi yoki elektr uzilishi sababli mahsulot nobud bo‘lishi oqibatidagi zararni sug‘urta qilish orqali ushbu zarar qoplanadi;
  • zaxiraga jamg‘arilgan mahsulotlarni aholiga sotish uchun bozor va savdo komplekslarida, istisno tariqasida, beg‘araz asosda alohida rasta va sotuv anjomlari vaqtincha foydalanish uchun ajratiladi, ushbu korxonalarga tegishli yuk mashinalari bozor avtoturargohiga kirib chiqishi uchun to‘lov undirilmaydi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring