Prezident xalqaro bozorga chiqish masalasiga to‘xtaldi
Prezidentimiz mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida to‘xtaldi.
Mashhur brendlar o‘zi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. «O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan» yorlig‘i bor mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.
Endi mahsulotlarni faqat o‘zimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi ta’kidlandi.
Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat, lak-bo‘yoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar bo‘yicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta «sorsing» kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalarimiz bilan bog‘lashi zarurligi aytildi.
Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vetnam), Lots (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida to‘qimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter