Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident videoselektorda mutasaddilarga qattiq e’tiroz bildirdi

Prezident videoselektorda mutasaddilarga qattiq e’tiroz bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida suv muammosi kun sayin dolzarb bo‘lib borayotgani ta’kidlandi.

So‘nggi ikki yilda suv xo‘jaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan.

Lekin o‘tgan yili iste’mol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o‘zanli kanal va ariqlarda yo‘qolgani ko‘rsatib o‘tildi. 

Bundan tashqari, yerlarning 70 foizi eski usulda sug‘orilgani bois, 5-6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytildi.

Bugungi kunda 2,5 million gektar maydonni sug‘orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin, 80 foiz nasoslar 35-40 yildan beri ishlatilib, o‘z resursini o‘tab bo‘lgan.

Davlatimiz rahbari suv xo‘jaligidagi bunday vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq e’tiroz bildirdi.

Kanallarni beton qilish orqali yo‘qotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich o‘rnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring