Prezident rahbarligida yig‘ilish boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yo‘l sohasida hal qilinishi lozim bo‘lgan asosiy masalalar muhokamasi va ularni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan yig‘ilish boshlandi.
So‘nggi yetti yilda mamlakatimizda sanoat korxonalari soni 2,7 baravarga oshib, 110 mingtaga yetgani, 2 mingdan ziyod turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, sanoat hajmi 1,5 baravarga oshgani qayd etildi.
Eksport hajmi 1,6 barobar ko‘payib, o‘tgan yili 19 milliard dollarga yetdi. Bular hisobiga mamlakatimizda yuk aylanmasi 30 foizga oshdi. Ayniqsa, Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand va vodiy viloyatlariga yuk tashish 1,5 baravar ko‘paydi.
Shu bilan birga, halqaro maydondagi vaziyat hisobiga transport-logistika xarajatlari bir necha barobar oshib ketdi.
O‘zbekiston kabi dunyo okeanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoni yo‘q mamlakatlar uchun eng qulay va arzon transport bu – temir yo‘l hisoblanadi.
Lekin, hozir ichki bozorda mahsulotning atigi 5 foizi, eksportda esa 45 foizi temir yo‘l orqali tashilmoqda. Ya’ni, temir yo‘l kompaniyasi avtomobilda yuk tashish bilan raqobat qila olmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter