Prezident Mirishkor, Baliqchi va Taxiatosh tajribasini e’tirof etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda kooperatsiya orqali chorvani ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, namunali tajribalar ko‘rsatib o‘tildi:
- hokim yordamchisi va fermer xo‘jaligi hamkorligida aholiga qoramol hamda qo‘y va echki tarqatilgan, yetishtirilgan sut va go‘shtni sotib olish yo‘lga qo‘yilgan Mirishkor tajribasi;
- tomorqa xizmati korxonasi aholiga 2-3 tadan naslli qoramol tarqatgan, veterinariya xizmatlarini bepul ko‘rsatayotgan, gidroponika usulida ozuqa yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan Chust hamda yer resurslari cheklangan sharoitda xonadonlarda 20 tagacha zotli qoramol boqilayotgan Baliqchi tajribasi;
Bu tajribalarni kengaytirish uchun xorijiy kreditlar 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi, 14 foizdan oshadigan qismiga kompensatsiya va kreditning 50 foiziga kafillik, gidroponikada ozuqa yetishtirish uskunalarini xarid qilish xarajatining 20 foizi qoplab beriladi.
Parrandachilik korxonasi aholiga 50-100 bosh xonaki parranda va inkubator tarqatgan, mingtadan tuxum sotib olish va parranda ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan Taxiatosh tajribasi alohida qayd etildi.
Ushbu tajribalardan kelib chiqib mutasaddilarga quyidagi topshiriqlar berildi:
- 15 martga qadar har bir tumanda kamida 5 tadan mahallada Mirishkor tajribasini yo‘lga qo‘yish;
- 1 mayga qadar tomorqa xizmati korxonalari orqali Chust va Baliqchi tajribalarini barcha tumanlarda joriy etish va buning uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard so‘m ajratish;
- 1 iyunga qadar Taxiatosh tajribasi asosida har bir viloyatda kamida 2 tadan loyihani ishga tushirish;
- 1 sentyabrga qadar har bir viloyatda kamida 2 mingtadan xonadonga naslli chorva mollarini tarqatishni tashkil etish.
Umuman, viloyat hokimlari yuqoridagi 3 ta tajriba asosida 2022 yilda jami 200 ming aholi bandligini ta’minlashga shaxsan mas’ul bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter