Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxtning yillik budjeti ma’lum qilindi

Poytaxtning yillik budjeti ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan 2022 yil uchun Toshkent shahar mahalliy budjeti tasdiqlandi.

2022 yil uchun poytaxt va uning tumanlari mahalliy budjetlari jami 6 trln 44 mlrd so‘m, shu jumladan Toshkent shahar budjeti – 4,4 trln so‘m, tumanlar budjetlari – 1,6 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi.

Toshkent shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi quyidagicha belgilandi:

  • yalpi hududiy mahsulot (YaHM) – 120 mlrd so‘m;
  • YaHM o‘sish sur’ati – 7,5%;
  • sanoat mahsulotlarining o‘sish sur’ati – 6,3%;
  • xizmat ko‘rsatish sohasi o‘sish sur’ati – 30,1%.

Quyidagilar shahar budjeti daromadlarining asosiy manbalari hisoblanadi:

  • yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq – 728,8 mlrd so‘m;
  • aylanmadan olinadigan soliq – 586,8 mlrd so‘m;
  • yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i – 567,7 mlrd so‘m;
  • davlat boji – 513,9 mlrd so‘m;
  • benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiyasidan soliq – 374,4 mlrd so‘m
  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i – 373,3 mlrd so‘m.

Poytaxt budjeti zaxira jamg‘armasi 42,9 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.12.2021 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring