Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘ztransgaz» «O‘zbekneftgaz» tarkibidan chiqariladi

«O‘ztransgaz» «O‘zbekneftgaz» tarkibidan chiqariladi

Foto: «bnpz.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergandik.

Qarorga ko‘ra, «O‘ztransgaz» AJni «O‘zbekneftgaz» AJ tarkibidan chiqarish va «O‘zbekneftgaz» AJning «O‘ztransgaz» AJ ustav kapitalidagi ulushini O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berish tasdiqlandi.

«O‘ztransgaz» AJning gaz ta’minoti bo‘yicha hududiy filiallari negizida «Hududgazta’minot» AJni tashkil qilinib, Agentlik uning aksiyadori etib belgilanadi.

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orali tanishish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring